Yangiliklar
Germaniyaning Drezden şahrida “Noaniq kelajak uchun ta’lim” (Bildung für die ungewisse Zukunft) mavzusida xalqaro ta’lim kongressi bölib ötdi.
21-noyabr kuni bölib ötgan xalqaro anjumanda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari ham iştirok etdilar.
Kongressda dunyoning
köplab mamlakatlaridan yetakçi olimlar, ta’lim sohasi mutaxassislari hamda
tadqiqotçilar jam böldilar. Anjumanda xalqaro miqyosda tanilgan mutaxassislar – OECDning ta’lim
böyicha direktori, PISA xalqaro tadqiqoti koordinatori Andreas Schleicher,
“Visible Learning” (“Ko‘rinadigan ta’lim”) tadqiqoti muallifi, taniqli Yangi
Zelandiya ta’lim tadqiqotçisi John Hattie hamda Drezden texnika universiteti
professori Thomas Köhler öz ma’ruzalari bilan iştirok etdilar. Konferensiyada zamonaviy pedagogika, ta’lim
strategiyalari va kelajak ta’limining ustuvor yönalişlari muhokama qilindi. John Hattie öz
ma’ruzasida öquvçilar muvaffaqiyatida öqituvçining ongli, ilmiy dalillarga
asoslangan metodikasi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Andreas Schleicher esa özgaruvçan dunyoda ta’limning
asosiy vazifasi faqat bilim beriş bilan çegaralanib qolmasligi, balki
öquvçilarda moslaşuvçanlik, murakkab muammolarni hal qiliş va mustaqil fikrlaş
könikmalarini şakllantirish zarurligini qayd etdi.
Drezden texnika
universiteti professori Thomas Köhler raqamli transformatsiya va sun’iy
intellekt texnologiyalarini öquv jarayoniga samarali integratsiya qilish,
zamonaviy va ochiq ta’lim muhitini yaratiş masalalariga to‘xtaldi. Oçiq muloqot tarzida
ötgan anjumanda pedagogikaning bir qator dolzarb muammolari, jumladan, raqamli
ta’lim, sun’iy intellekt öqituvçidan ustun böla oladimi, degan muhim masalalar
yuzasidan fikr almaşildi. Tadbir davomida iştirokçilar xalqaro ekspertlarga özlarini
qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda mutaxassislardan batafsil
javob oldilar. Kongressda ilgari surilgan fikr va g‘oyalar şuni körsatadiki,
texnologiyalar qançalik rivojlanmasin, kelajak ta’limining markazida inson
omili, samarali pedagogik metodika va öqituvçining kasbiy mahorati muhim örin
tutadi.