Yangiliklar

20.11.2026       46

MUSTAQIL TA’LIM LOYIHASI: GERMANIYA MAKTABIDA INKLYUZIV TA’LIM VA ERKIN DARS TAJRIBASI ÖRGANILDI

Ayni damda Germaniya Federativ Respublikasida xizmat safarida bölib turgan institut olimlari Drezden şahridagi umumiy örta ta’lim maktabiga taşrif buyurdilar.

MUSTAQIL TA’LIM LOYIHASI: GERMANIYA MAKTABIDA INKLYUZIV TA’LIM VA ERKIN DARS TAJRIBASI ÖRGANILDI

Taşrif davomida delegatsiya a’zolariga maktab faoliyati, ta’lim jarayonida barça öquvçilar uçun teng imkoniyatlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan işlar hamda ta’lim muassasasida inklyuziv ta’lim tamoyillarining amaliyotga tatbiq etilişi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Şuningdek, delegatsiya a’zolari maktabda “Dars yurakdan çiqişi kerak” tamoyili asosida taşkil etilgan mustaqil va erkin dars maşğulotini kuzatdilar. Xususan, maktabning 9-sinfida ötkazilgan geografiya darsi bilan tanişildi. Maşğulot davomida öqituvçi mavzuni turli körgazmali vositalar, tasviriy materiallar va rasmlar yordamida yoritib, öquvçilarning darsdagi faolligi hamda mustaqil fikrlaşini rağbatlantirişga alohida e’tibor qaratdi. Sun’iy intelekt bilan ustozlar qanday işlaşi yuzasidan tajriba almaşildi.

Mazkur taşrif Germaniya ta’lim tizimida inklyuziv ta’lim muhitini şakllantiriş, har bir öquvçining individual imkoniyatlarini hisobga oliş, ta’limda tenglik va oçiqlik tamoyillarini ta’minlaş hamda ilğor pedagogik tajribalarni örganiş nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

Hamkorlarimiz

Ta'lim sohasidagi hamkorlarimiz!

Bog'lanish

Biz bilan bog'lanish

Telegram Instagram
Loading
Sizning xabaringiz yuborildi. Tashakkur!