Yangiliklar

17.11.2026       59

INKLYUZIV TA'LIM VA RAQAMLI PEDAGOGIKA

Kunning ikkinçi yarmida institut olimlari Germaniyada inklyuziv ta’lim sohasida amalga oşirilayotgan dasturlar va ilğor tajribalar bilan tanişdilar.

INKLYUZIV TA

Maşğulotlar davomida inklyuziv ta’lim jarayonlarini raqamlaştiriş, şuningdek, germaniyalik olimlar tomonidan işlab çiqilgan maxsus platformaning imkoniyatlari namoyiş etildi.

Öqituvçilarning malakasini oşiriş hamda uzluksiz kasbiy rivojlanişini ta’minlaşga qaratilgan loyihalar rahbarlari Aleksey Poznyakovskiy va Topper Djmenik raqamli pedagogika va ta’lim sohasini raqamlaştiriş istiqbollari yuzasidan ma’ruza qildilar.

Taqdimot davomida amaliyotga joriy etilgan platformaning inklyuziv ta’limni taşkil etiş, alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalarga öquv materiallarini individual imkoniyatlaridan kelib çiqib yetkaziş borasidagi imkoniyatlari namoyiş qilindi.

Xususan, körişida nuqsoni bölgan bolalarning individual holatini aniqlaş va ularning ehtiyojlarini baholaşga xizmat qiluvçi texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Dastur öquvçining köriş imkoniyatlarini tahlil qiliş orqali ta’lim jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan qiyinçiliklarni aniqlaşga yordam beradi.

Şuningdek, eşitişida nuqsoni bölgan bolalarning ehtiyojlarini aniqlaş, maxsus quloqçinlar yordamida turli tovuşlarni eşitiş va qabul qiliş imkoniyatlarini örganiş texnologiyalari ham taqdim etildi.

Misol uçun, sinfda eşitişida qiyinçiligi bölgan öquvçilar uçun öqituvçi nutqini avtomatik ravişda matnga aylantiriş imkoniyati mavjud. Bu esa öquvçilarga dars mazmunini yaxşiroq anglaş va maşğulotlarda faol iştirok etiş imkonini beradi.

Bundan taşqari, QR-kod orqali maxsus platformaga kiriş va öquv materiallarini mustaqil özlaştiriş imkoniyatlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur tajribalar inklyuziv ta’lim samaradorligini oşiriş, har bir öquvçining individual ta’lim ehtiyojlarini inobatga oliş hamda raqamli texnologiyalarni pedagogik jarayonga keng joriy etişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hamkorlarimiz

Ta'lim sohasidagi hamkorlarimiz!

Bog'lanish

Biz bilan bog'lanish

Telegram Instagram
Loading
Sizning xabaringiz yuborildi. Tashakkur!