Yangiliklar

23.11.2026       34

“BELARUS – TURLI MADANIYATLAR KESIŞUVI”: XALQARO FESTIVALDA MILLIY MADANIYATLAR

Belarus Respublikasida malaka oşiriş dasturida iştirok etayotgan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari 2026-yil 21-noyabr kuni “Belarus – turli madaniyatlar kesişmasi” (Belarus – Crossroads of Cultures) nomi ostida taşkil etilgan xalqaro madaniyatlararo festivalda iştirok etdilar.

“BELARUS – TURLI MADANIYATLAR KESIŞUVI”: XALQARO FESTIVALDA MILLIY MADANIYATLAR

Mazkur festival turli millat va xalqlarning milliy madaniyati, san’ati, urf-odatlari hamda ijodiy salohiyatini namoyon etiş, xalqaro döstlik va özaro hamjihatlikni mustahkamlaşga qaratildi.

Tadbirda Belarus, Xitoy, Özbekiston, Turkmaniston, Qozoğiston va Rossiya davlatlaridan taşrif buyurgan talabalar öz mamlakatlarining boy madaniy merosi, milliy an’analari va san’atini turli çiqişlar orqali namoyiş etdilar. Har bir jamoaning çiqişi öziga xosligi, milliy ruh va ijodiy yondaşuvi bilan festival iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi.

Kunning ikkinçi yarmida festival doirasida taşkil etilgan intellektual musobaqa – “Aql çarxi” intelektual öyini bölib ötdi. Unda iştirokçilar turli mamlakatlarning tarixi, geografiyasi, madaniyati va an’analariga oid savollarga javob berib, öz bilimlari, tezkor fikrlaş va mantiqiy muşohada yuritiş qobiliyatlarini sinovdan ötkazdilar.

Hamkorlarimiz

Ta'lim sohasidagi hamkorlarimiz!

Bog'lanish

Biz bilan bog'lanish

Telegram Instagram
Loading
Sizning xabaringiz yuborildi. Tashakkur!