Yangiliklar
GERMANIYADA TA’LIM VA TARBIYA SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRIŞ MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-yil 18-noyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasida xizmat safarida bölib turgan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti xodimlari Özbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elçixonasi vakili Şerzodbek Hasanov bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv davomida Özbekiston va Germaniya örtasida ta’lim, tarbiya sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, mavjud yönalişlarining samaradorligini oşiriş hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Muloqot çoğida, ayniqsa, Germaniyaning ta’lim tizimida töplangan ilğor tajribalarni örganiş, ularni milliy ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etiş imkoniyatlari, zamonaviy pedagogik yondaşuvlar va innovatsion ta’lim texnologiyalarini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, inklyuziv ta’limni rivojlantiriş, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bölgan bolalar uçun teng imkoniyatlarga asoslangan ta’lim muhitini yaratiş, pedagoglarning inklyuziv ta’lim böyiça kasbiy kompetensiyalarini takomillaştiriş hamda uşbu yönalişda Germaniya tajribasini çuqur örganiş masalalari muhokama qilindi.
Raqamli pedagogika yönalişidagi hamkorlikni kengaytiriş ham uçraşuvning muhim mavzularidan biri böldi. Xususan, ta’lim-tarbiya jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, zamonaviy elektron ta’lim resurslarini yaratiş, milliy tarbiyaviy kontentni raqamlaştiriş va pedagogik faoliyatda innovatsion yeçimlardan samarali foydalaniş böyiça hamkorlikni davom ettiriş istiqbollari körib çiqildi.
Tomonlar ilmiy-tadqiqot faoliyatini qöllab-quvvatlaş, özaro tajriba almaşiş, mutaxassislar malakasini oşiriş, xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarni taşkil etiş hamda Germaniyaning tegişli ta’lim va ilmiy muassasalari bilan institutsional aloqalarni kengaytiriş muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.