Yangiliklar
YANKA KUPALA NOMIDAGI GRODNO DAVLAT UNIVERSITETIDA ILMIY MAKTAB FAOLIYATI BILAN TANIŞILDI
2026-yil 18-noyabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlarining Belarus Respublikasiga amalga oşirayotgan xizmat safari doirasida Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti Pedagogika va ijtimoiy fanlar kafedrasi huzurida faoliyat yurituvçi “V. P. Tarantey ilmiy maktabi” asosçisi, pedagogika fanlari doktori, professor Viktor Petroviç Tarantey va doktorantlar bilan uçraşuv taşkil etildi.
Maqsad ikki mamlakat Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari örtasida pedagogika sohasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlaş, ilğor ilmiy-pedagogik tajribalarni örganiş, ilmiy maktablar faoliyati bilan yaqindan tanişiş hamda istiqboldagi hamkorlik yönalişlarini belgilaşdan iborat böldi.
Dastlab professor Viktor Petroviç Tarantey bilan mazmunli ilmiy muloqot taşkil etilib, unda olimning köp yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, “V. P. Tarantey ilmiy maktabi”ning şakllaniş va rivojlaniş tarixi, uning ustuvor tadqiqot yönalişlari hamda pedagogika fanining zamonaviy taraqqiyotidagi örni xususida fikr almaşildi.
Uçraşuvning muhim qismi professor Viktor Petroviç Tarantey va doktorantlar bilan ötkazilgan ilmiy suhbatga bağişlandi. Unda yoş tadqiqotçilarning ilmiy izlanişlari, dissertatsiya tadqiqotlarini rejalaştiriş va taşkil etiş, tadqiqot metodologiyasini töğri tanlaş, ilmiy natijalarning işonçliligi va amaliy ahamiyatini ta’minlaş, şuningdek, ilmiy faoliyatda akademik mas’uliyat va izçillik tamoyillariga rioya etiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Mazkur uçraşuv Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti hamda Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti olimlari örtasida özaro ilmiy tajriba almaşiş, pedagogik tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, yoş tadqiqotçilar uçun akademik muloqot va ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiriş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.
Bunday xalqaro ilmiy uçraşuvlar pedagogika fanining dolzarb masalalarini hamkorlikda örganiş, ilğor ilmiy yondaşuvlarni ommalaştiriş, ilmiy maktablar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş hamda xalqaro ilmiy hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini rivojlantirişga xizmat qiladi.