Yangiliklar
5 o‘lchovli ta’limning Qo‘qon amaliyoti
2026-yil 12-iyun kuni Qo‘qon shahrida “Besh o‘lchovli ta’lim” dasturi doirasida o‘tkazilgan loyihaning yakunlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori akademik Xolboy Ibraimov va institutning bir guruh olimlari ishtirok etdi.
2026-yil
6-apreldan 12-iyunga qadar bo‘lgan 10 haftalik (50 kunlik) davr mobaynida
Qo‘qon shahri hokimining tashabbusi hamda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya
pedagogikasi milliy institutining tashkiliy ko‘magi asosida Qo‘qon shahridagi
14-sonli umumta’lim maktabida maxsus “5D-ta’lim” pilot loyihasi amalga
oshirildi. Loyihada asosiy e’tibor o‘quvchilarda axborotni izlab topish, matn
mazmunini tahlil qilish va o‘qilgan materialni anglash ko‘nikmalarini
shakllantirish hamda rivojlantirishga qaratildi. Baholash va refleksiya qilish
ko‘nikmalari “Butunlikka” asoslangan besh o‘lchovli retseptiv ta’lim modelining
muhim tarkibiy qismi hisoblangan “uch daqiqalik mulohaza” usuli orqali
rivojlantirildi. Mazkur amaliyot o‘quvchilarning o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari
va xatti-harakatlarini tahlil qilish, shuningdek, o‘quv materialini shaxsiy
tajriba bilan bog‘lash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qildi. Shakllangan
ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida har to‘rt haftada intensiv ta’lim
modullari tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar egallangan
bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga
ega bo‘ldilar.