Yangiliklar
“Fikr tarbiyasiga oid tarixiy hamda innovatsion yondaşuvlar, mahsuldor strategiyalardan pedagogik amaliyotda foydalaniş mexanizmlari”
2026-yil 29-oktabrda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida respublika ilmiy-amaliy anjumani ötkazildi.
2026-yil 29-oktabrda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida “Fikr tarbiyasiga oid tarixiy hamda innovatsion yondaşuvlar, mahsuldor strategiyalardan pedagogik amaliyotda foydalaniş mexanizmlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani ötkazildi.
Anjumanda Ta’lim va ilm-fan vazirligi vakillari, qozoğistonlik pedagog-psixolog olimlar, tadqiqotçilar, olimlar, professor-öqituvçilar, pedagoglar, ta’lim va tarbiya jarayonlariga oid metodologik tadqiqotlarni amalga oşirayotgan mutaxassislar, öqituvçilarning kasbiy mahoratini rivojlantiriş markazlari vakillari, magistrlar, talabalar, stajyor-tadqiqotçilar hamda mustaqil izlanuvçilar iştirok etdi.
Respublika ilmiy-amaliy anjumanining ötkazilişi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini taşkil etiş töğrisida”gi PQ-232-son qarori, 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi hamda 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son “Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi farmonlari, şuningdek, 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son va 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş bilan uzviy boğliq.
Anjuman doirasida fikr tarbiyasini taşkil etişning samarali mexanizmlarini aniqlaş, ta’lim oluvçilarning mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş, ularni muammoli vaziyatlarni tahlil qiliş, asosli xulosalar çiqariş, ijodiy yondaşiş va mantiqiy fikrlaşga örgatişning maqbul usullarini işlab çiqişga alohida e’tibor qaratildi.