Yangiliklar
Qadring baland bo‘lsin Ona tilim!
2026-yil 21-oktabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida "Qadring baland bo‘lsin Ona tilim!" mavzusida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut professor-olimlari, doktorantlar, R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibraimov ochib berdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi Akrom Akmalov va Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti “Ota-onalar universiteti” va tarbiyaviy jarayonlarning metodik ta’minoti” ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, p.f.d, professor Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevichlar Ona tilimizning qadri, qimmati haqida chiqish qildilar.
Badiiy kecha doktoranlar va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining she'riy chiqishlari, kuy-qo‘shiqlariga ulanib ketdi.