Yangiliklar
2026-yil 10-sentabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida ta’lim jarayoni
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida ta’lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirishga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
➖Konferensiya doirasida inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari, oila, maktab va mahalla o‘rtasidagi hamkorlik hamda zamonaviy innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.
➖Tadbir davomida soha mutaxassislari, olimlar, pedagoglar va tadqiqotchilari tomonidan inklyuziv ta’limni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etildi. Jumladan, inklyuziv sinflarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarning jamoaviy modeli, raqamli texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish hamda bolalarni ijtimoiy-emotsional qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➖Mazkur konferensiya inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida bag‘rikenglik, hamkorlik va o‘zaro hurmatga asoslangan inklyuziv madaniyatni shakllantirish yo‘lidagi muhim ilmiy-amaliy muloqot maydoni bo‘ldi.