Institut haqida
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti dastlab 1929-yil 17-yanvarda Özbekiston davlat ilmiy tadqiqot instituti nomi bilan taşkil topgan. Özbekiston davlat ilmiy tadqiqot instituti 1929-yil 15-iyunda Samarqand şahrida respublika Maorif xalq komissarligi tasarrufida iş boşlagan. Keyinçalik respublika poytaxtining köçirilişi munosabati bilan 1931-yilda Institut Toşkent şahrida faoliyat körsata boşlagan va bir neça mustaqil institutlarga bölingan. Şulardan biri Madaniy quriliş instituti bölib, uning tarkibida “Pedagogika”, “Programmalar va metodika” hamda “Özbek tilşunosligi va san’atşunoslik muammolari” bilan şuğullanuvçi bölimlar mavjud edi. 1930-yildan 1934-yilga qadar institutining “Özbek tili va adabiyoti” bölimida birinçi professor (1926-y.) jadidçilik harakatining tarafdori tarbiya nazariyasi va amaliyotiga munosib hissa qöşgan ma’rifatparvar Abdurauf Fitrat faoliyat körsatgan.
1934-yilda Madaniy quriliş instituti uç mustaqil: Respublika xalq maorif komissarligi tasarrufidagi Özbekiston Pedagogika ilmiy tadqiqot instituti; Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tasarrufidagi Tilşunoslik va adabiyotşunoslik instituti; Madaniyat işlari komissarligi tasarrufidagi San’atşunoslik institutiga ajratilgan. Institutda XX asrning 30-yillaridayoq özbek tili va adabiyotidan qator öquv-uslubiy qöllanmalar, dastur va darsliklar yaratilgan. Öquv dasturlari va darsliklarni yaratişda yozuvçilar, tilşunos hamda adabiyotşunos olimlar faol iştirok etganlar. Bu işda, ayniqsa, A.Avloniy, A.Fitrat, A.Sa’diy, H.Olimjon, Oybek, Uyğun, M.Şayxzoda hamda Oqilxon Şarofiddinovlar jonbozlik körsatganlar. Oqilxon Şarofiddinov tomonidan yaratilgan “Alifbe” kitobi ilk bor 1934-yilda çop etilgan. Institutda 1934-yilda Ilmiy kutubxona taşkil etilgan va bu kutubxona köplab salohiyatli pedagog-olimlarning yetişib çiqişiga özining salmoqli hissasini qöşgan. Özbekiston Pedagogika ilmiy tadqiqot instituti 1939-yildan Özbekiston Maktablar ilmiy tadqiqot instituti (ÖzMITI) nomi bilan yuritilgan. 1941-yilda Institut respublika Maorif xalq komissarligining metodika boşqarmasi bilan birlaştirilgan. Keyinçalik institutning nomi qayta şakllantirilib, unga 1946-yilda “Özbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti” nomi berilgan. Institut tarkibi 7 şöbadan iborat etib tasdiqlangan.
Xalq ta’limini qayta quriş va rivojlantiriş taqozosi bilan Institutda yangi bölimlar oçilgan, tadqiqotlar kölami kengaygan, yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaşga e’tibor ortgan. Institut qoşida 1960-yilda aspirantura, 1994-yilda doktorantura taşkil etilgan. INSTITUT YANGI NOMDAGI FAOLIYATI: Ta’lim-tarbiya tizimi oldiga qöyilayotgan yangi ijtimoiy buyurtmadan kelib çiqqan holda 2024-yil 21-iyunda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini taşkil etiş töğrisida”gi PQ-232-sonli Qarori qabul qilinib, uning zimmasiga yangi vazifalar yuklandi. Unga köra institutning funksiyasi kengayib, quyidagi vazifalarni bajariş vakolati berildi: pedagogika va psixologiya sohalarida tarbiya metodikasiga oid fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib boriş, sohada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş; tarbiya mazmunini tahlil qiliş, uni rivojlantiriş böyiça loyihalar işlab çiqiş hamda amaliyotga tatbiq etiş; ajdodlarimiz va jadidlarning komil insonni şakllantiriş va yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga oid yondaşuvlarini tadqiq qiliş hamda zamon talablariga mos ravişda ta’lim jarayonida qöllaş böyiça ilmiy asoslangan işlanmalar va metodikalarni yaratiş; ota-onalar va öqituvçilar uçun tarbiyaviy metodikalar böyiça qöllanmalar va tavsiyalar işlab çiqiş, ularni ommalaştiriş; farzand tarbiyasida “maktab - ota-ona – mahalla” hamkorligining samarali mexanizmlarini işlab çiqiş va uni amalga oşiriş böyiça metodik tavsiyanomalar yaratiş; tarbiya metodikalariga oid raqamli kontentlar işlab çiqiş va amaliyotga joriy qiliş; alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalarning tarbiyasiga oid ilmiy-metodik ta’minotni yaratiş. Institutda xozirgi vaqtda 8ta bölim faoliyat olib bormoqda.
